O‘zbekistonda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilar tayyorlovchi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi. O‘quv jarayonlari Yevropa ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kuniga 4 soatgacha bo‘ladi. Haydovchilarning malaka oshirish sertifikatlari faqat elektron shaklda beriladi.
1 sentabrdan barcha avtomaktablarning reytingi tuziladi. Bunda bitiruvchilarning «prava» uchun imtihondagi natijalari, jarima ballari, YTH sodir etganligi, qolaversa, ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar soni inobatga olinadi. Yakunda maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.
O‘zbekistonda avtomaktab xizmatlari narxi keskin oshdi. Samarqand viloyatida haydovchilar tayyorlash maktablari 2,5 mln so‘mlik, Jizzaxda 1,6 mln so‘mlik yagona narx belgilashga kelishib olgan. Ularning narxlarning past bo‘lganligi o‘qitish sifatiga ta’sir qilganligini ta’kidlamoqda. Endilikda avtomaktablar egalarining o‘zlari yagona narxlarga rioya etilishini tekshiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting